Toşkentda ötayotgan taekvondoçi kadetlar örtasidagi Jahon çempionatining ikkinçi kuni doirasida Xalqlar döstligi maydonida katta fleşmob bölib ötdi.
Tadbirda jami 2019 nafar taekvonçi bolalar va Xalqaro kadetlar taekvondo körgazmaviy jamoasi a'zolari qatnaşib, sportning bu turiga xos harakatlar bilan körgazmaviy çiqişlar qildilar.

Fleşmobda Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Çungvon Çoy ham bevosita qatnaşdi. Unga Özbekiston milliy olimpiya qömitasi raisi Rustam Şoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti Şerzod Toşmatov va boşqalar hamrohlik qilişdi.

Tadbir doirasida özbekistonlik yoş taekvondoçilardan 13 nafari sportda erişgan yutuqlari uçun maxsus ism kamarlarini bevosita Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentining qölidan qabul qilib olişdi.

Çungvon Çoy, şuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilaridan bir guruhiga esdalik sovğalarini ulaşdi.

Şundan söng çempionatga tayyorgarlik doirasida taşkilotçilar tomonidan Buxoro va Samarqandning qadimiy maskanlarida taekvondoga bağişlab suratga olingan videoroliklar katta ekranda namoyiş qilindi.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Çungvon Çoy öz sözida mazkur tayyorgarlik işlaridan katta taassurot olganini yaşirib ötirmadi.
«Assalomu alaykum, – deya yana özbekça salom beriş bilan öz nutqini boşladi koreyalik mehmon.
– Tadbirdan juda ta'sirlandim. Toşkentdek çiroyli şaharda bunday tadbirni birinçi marta ötkazişimiz. Sizning taekvondoga bölgan muhabbatingiz bizga yanada kuç-quvvat beradi. Taekvondo olimpiya tasnifidagi sport turi bölişi bilan birga, biz muhtojlarga yordam berişni ham maqsad qilganmiz.

















