12 aprel kuni Toşkent şahrida taekvondo WT böyiça yoşlar örtasidagi XV jahon çempionati boşlandi. Nufuzli musobaqada 115 davlatdan qariyb 1500 nafar sportçi iştirok etişi kutilyapti.
12 aprel kuni Toşkent şahrida Özbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi taşabbusi bilan yoşlar örtasidagi XV jahon çempionati boşlandi. Musobaqa poytaxtdagi Yakkakuraş majmuasida ötkazilmoqda.
Çempionatda 115 ta davlatdan qariyb 1500 nafar sportçi va murabbiy iştirok etmoqda. Bahslar 20 ta vazn toifasida taşkil etilib, ularning 10 tasi yigitlar, yana 10 tasi qizlar örtasida ötkaziladi. Musobaqada 2009 yil 1 yanvardan 2011 yil 31 dekabrgaça tuğilgan sportçilar qatnaşmoqda.
Dastlabki kun bahslarida yigitlar örtasida +78 kg, qizlar örtasida esa 46 kg va 59 kg vazn toifalarida ğoliblar aniqlanadi. Uşbu bellaşuvlarda Özbekiston şarafini Alişer Pak (+78 kg), Komila Sultonova (46 kg) va Viktoriya Denisenko (59 kg) himoya qilmoqda. Tadbirda dunyoning nufuzli taekvondo hamjamiyati vakillari hamda Özbekiston rasmiylari iştirok etişyapti. Oçiliş marosimida söz olgan Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov uşbu musobaqa olimpiya majmuasidagi ilk musobaqa sifatida tarixda qolişini, Özbekistonda taekvondo tobora sevimli sport turiga aylanayotganini ta’kidladi.
13 aprel kuni çempionat doirasida “Olimpizm va tinçlik” mavzusida xalqaro forum taşkil etildi. Çempionat 17 aprelga qadar davom etadi.
Ta’kidlaş joiz, mazkur jahon çempionati Özbekiston sport hayotidagi muhim voqealardan biri bölib, yoş sportçilar uçun xalqaro maydonda tajriba orttiriş va öz imkoniyatlarini namoyiş etiş imkonini beradi.










