Toşkentda 12-17 aprel kunlari Taekvondo WT böyiça yoşlar örtasidagi XV Jahon çempionati ötkazildi.

Nufuzli musobaqada Özbekiston yoşlar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 1 ta bronza medalini qölga kiritdi.

Dastlabki oltin medalga -48 kg vazn toifasida Yosinbek Odilov ega çiqdi. U finalda ömonlik Dovud Al-Yusufiyni mağlub etdi.

-51 kg vazn toifasida Asadbek Samandarov finalda tunislik Malik Mukroniy ustidan ğalaba qozonib, oltin medalga sazovor böldi.

-63 kg vazn toifasida Mohidil Öktamjonova finalda italiyalik Sofiya Frassikani yengib, oltin medalni qölga kiritdi.

Şuningdek, -68 kg vazn toifasida Ayubxon Nabiyev, +78 kg vazn toifasida Alişer Pak kumuş medalga sazovor böldi.

-45 kg vazn toifasida Şohjahon Xolmurodov bronza medalini qölga kiritdi.