Taekvondo böyiça Özbekiston yoşlar terma jamoasi Toşkentda ötkazilayotgan jahon çempionatida ilk oltin medalni qölga kiritdi.
-48 kg vazn toifasidagi Yosinbek Odilov finalda Ömon vakili Dovud Al-Yusufiy bilan bahs olib bordi va 2:0 (5/1, 11/9) hisobida ğalaba qozondi.

Natijada özbekistonliklarning musobaqadagi medallari soni ikkitaga yetdi. Avvalroq, +78 kg vazn toifasida Alişer Pak kumuş medalni qölga kiritgan edi.
Jahon çempionati 17 aprelgaça davom etadi.











