Yangi öquv yili boşlanişi oldidan ota-onalar uçun qulaylik yaratiş, umumta'lim maktablari öquvçilarini asosiy turdagi öquv qurollari, kiyim-keçak va poyabzallar bilan ta'minlaş maqsadida joriy yilning 10 avgustidan – 10 sentyabrigaça Özbekiston Respublikasi hududlaridagi buyum va oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida, yirik savdo majmualari va dökonlarda maktab yarmarkalari taşkil etiladi.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga köra, maktab yarmarkalarining 931 tasi umumiy örta ta'lim maktablarida, 293 tasi aholi gavjum bozorlar hududi va atroflarida, 528 tasi yirik savdo kompleksi va dökonlarda taşkil etilmoqda.
Respublikadagi barça maktab yarmarkalarida 26 turdagi zaruriy öquv qurollari va jihozlari sotuvi amalga oşiriladi.
Qayd etilişiça, maktab yarmarkalarini keng assortimentdagi öquv qurol, kiyim-keçak, poyabzal va zaruriy mahsulotlar bilan ta'minlaş maqsadida işlab çiqaruvçi sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar keng jalb etiladi.
Maktab yarmarkalari faoliyatini samarali va uyuşqoqlik bilan taşkil etiş, jamoat tartibini saqlaş, yonğin xavfsizligi, sanitariya va boşqa zarur xavfsizlik tadbirlarini nazorat qiliş hamda muvofiqlaştiriş böyiça vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, mutasaddi taşkilotlar mas'ul etib belgilandi, deyiladi vazirlik xabarida.












