O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Quyidagilar rahbarlik lavozimlarini egalladi:

Polkovnik Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich Jo‘rayev - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Ulug‘bek To‘rabekovich Jo‘rayev - Toshkent viloyati Bekobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Dilshod To‘rayevich G‘oziyev - Toshkent viloyati Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Azizbek Aliasqarovich Aliasqarov - Toshkent viloyati Ohangaron tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Otabek G‘anibekovich G‘anibekov - Toshkent viloyati Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.














