Jetour Xitoyning Çendu şahridagi avtosalonda yangi Traveller 7 yöltanlamasini taqdim etdi. Autohome naşrining yozişiça, ayni paytda avtomobil uçun oldindan buyurtmalar oçilgan. Band qiliş uçun 777 yuan (taxminan 800 ming söm) tölaş talab etiladi.


Dizayndagi asosiy öziga xoslik - yorqin çiziq bilan birlaştirilgan dumaloq diodli kunduzgi çiroqlarga ega ğayrioddiy old optikadir. Umuman olganda, model uslubi avtosanoatda «törtburçak» kuzovlar trendini boşlab bergan Britaniyaning Land Rover Defender modelini yodga soladi.
Avtomobil börtma kapot va törtburçak şaklidagi massiv havo yutgiç bilan bezatilgan. Traveller 7 tomining ulkan reylinglari orasidan panoramali lyuk örin olgan.


Qiziği şundaki, tizer suratlarda avtomobilning yukxona eşigiga «yöltanlamas» koferi örnatilgan edi. Biroq «jonli» nusxaning orqa qismida oddiy zaxira ğildiragi közga taşlanadi.
Interyer T2 yöltanlamasi bilan yagona konsepsiyada yaratilgan: ixçam raqamli asboblar paneli, harakatlaniş rejimlarini özgartiriş uçun möljallangan şayba, simsiz quvvatlaş moslamasi, orqa köriniş kamerasi va katta multimedia-köngiloçar tizimi ekrani. Şunisi eʼtiborga loyiqki, salonda ança-munça jismoniy tugmalar va «eski uslubdagi» sozlagiçlar saqlab qolingan.

Model Xitoyda ikki litrli benzin dvigateli bilan sotuvga çiqariladi. Agregat sakkiz poğonali «avtomat» uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi. Ulanma - töliq. Şuningdek, tarkibida 1,5 litrli dvigatel va uçta elektromotor bölgan, quvvati 781 ot kuçiga teng gibrid versiyasi ham mavjud. Umumiy yuriş masofasi - 1,4 ming km.













