Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi” va “Yagona integrator UZINFOCOM” hamkorlikda joriy yilning sentabr oyida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Portal)ning takomillaştirilgan talqinini taqdim etadi.
Portal foydalanuvçilariga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Portalning yangi interfeysi işlab çiqildi, şuningdek, funksional imkoniyatlarni yanada kengaytiriş va rivojlantiriş maqsadida barça taklif va mulohazalarni qabul qilişni boşladi.
“Loyiha işga tuşirilgan dastlabki kunlardanoq fuqarolar tomonidan ijobiy qabul qilindi va aholi örtasida ommalaşib, muvaffaqiyatga erişildi, ammo vaqt ötişi bilan fuqarolarning davlat idoralari bilan muloqot vositasidan öziga xos şikoyatlar kitobiga aylandi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi pm.gov.uz'ning taşkil etilişi barça masalalarga oydinlik kiritdi va aholi bilan işlaş mexanizmini yaratdi. Şundan söng, Portal öz diqqatini asosiy vazifalarga – jismoniy va yuridik şaxslarning töğridan töğri davlat organlariga murojaat qilişlari, davlat boşqaruvi samaradorligini oşirilişi, joylarda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişi uçun qulay şart-şaroitlarning yaratilişiga qaratdi”, - deb ta'kidlaydi “Yagona integrator UZINFOCOM” boş direktor vazifasini bajaruvçisi Emil Gimranov.
Portaldagi joriy özgariş aholining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantiriş va joriy etiş, davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan. Bugungi kunda deyarli barça davlat taşkilotlari Portal haqida yetarliça ma'lumotga ega va undan samarali foydalanib kelmoqdalar. Şu bilan birga, aholi örtasida Portaldan foydalaniş böyiça xabardorlik darajasi ham ösib bormoqda.
Portalning yangi talqinidagi asosiy qulaylik bu - foydalanuvçi uçun moslaşuvçan dizaynga ega bölgan interfeysdir. Endilikda Portaldan foydalanişda kompyuter talab etilmaydi, mobil telefon yoki planşet orqali ham bir marta röyxatdan ötib, Portaldan heç qanday qiyinçiliksiz foydalaniş mumkin. Portal keng kölamdagi davlat xizmatlaridan foydalaniş, zarur ma'lumotlarni qidiriş, biznes masalalarini tezda hal qiliş va boşqa köplab imkoniyatlarni yaratişda foydalanuvçilarga tezkorlik va aniqlikni taqdim etadi.
Portalning yangi talqini, avvalgi talqinidan farqli ölaroq endilikda foydalanuvçidan barça davlat xizmatlari turi bilan tanişiş uçun yagona identifikatsiya tizimidan röyxatdan ötişi talab etilmaydi. Yangilangan talqinda portal interfeysi tarkibiga bir qança funksional özgartirişlar kiritilgan.












