Moliya vazirligi mehnat haqi, pensiya va boşqa tölovlar miqdorini aniqlaş tartibining özgarişi nazarda tutilayotgani munosabati bilan ayrim qonunlarga tuzatişlarni tayyorladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, 1 sentyabrdan eng kam iş haqi miqdori (EKIH) mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM), bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) va pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori (PHBM) bilan almaştiriladi.

Bu amaldagi qonunlarning normalariga qator tuzatişlar kiritiş zaruratini keltirib çiqaradi. Işlab çiqilgan tuzatişlarning mohiyati bugungi kunda EKIHdan kelib çiqqan holda hisoblanadigan miqdorlarni hisoblab çiqariş tartibini özgartirişdan iboratdir. Bir neça holatlarda pul ifodasida oladigan bölsak, summalarda sezilarli özgarişlar bölmaydi.

Quyidagi hisob-kitoblarda 223 000 sömga teng EKIH, BHM va PHBM, 634 880 sömga teng MHEKMdan foydalaniladi.

Birinçidan, jinoiy yoki fuqarolik işlarida iştirok etgan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga tölanadigan tölovning yangi miqdorlari belgilanadi.

Tölov turi

Amaldagi miqdor

Nazarda tutilayotgan miqdor

EKIHga nisbatan koeffitsiyent

summa (söm)

MHEKMga nisbatan koeffitsiyent

summa (söm)

Ekspertlar, mutaxassislar bajargan iş uçun mehnatga haq tölaş (bir soatlik iş uçun)

0,015-0,020