Prezident qaroriga köra, 2021 yil 1 fevraldan budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga (10 foizga) oşirildi.
Şuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boşlab mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHTEKM) va bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) ham 10 foizga kötarildi.
Ilgari MHTEKM oyiga 679 330 söm, BHM 223 000 söm bölgan bölsa, endilikda bu miqdorlar mos ravişda 747 300 söm va 245 000 söm etib belgilandi.
BHM miqdori oşişi ortidan, unga boğlangan quyidagi tölovlar ham oşmoqda:
- soliqlar;
- yiğimlar;
- jarimalar;
- davlat bojlari;
- körsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan şuğullaniş uçun patent (litsenziya) tölovlari;
- BHMga boğlangan boşqa tölovlar.
Bundan taşqari, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga beriladigan nafaqa miqdori ham 1 fevraldan 10 foizga oşirildi hamda quyidagi miqdorlarda belgilandi:
- bitta bolali oilalarga – 144 100 söm (ilgarigi miqdor – 131 000 söm);
- ikkita bolali oilalarga – 238 700 söm (ilgarigi miqdor – 217 000 söm);
- uçta va undan ortiq bolali oilalarga – 334 000 (ilgarigi miqdor – 304 000 söm).
Quyidagilar miqdori özgarişsiz qolmoqda:
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 söm;
- eng kam yoşga doir pensiyalar — oyiga 466 680 söm;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 söm;
- bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa (434 000 söm);
- kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam (326 mingdan 653 ming sömgaça);
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari (434 mingdan 1 mln 85 ming sömgaça).
















