O‘zbekiston | 18:59 / 13.08.2019
23047
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yaqin vaqt ichida vizasiz rejim belgilangan davlatlar ro‘yxatini yana bir bor kengaytiradi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston vizasiz rejim belgilanishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bu haqda seshanba kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20ta mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilishi ma'lum bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston vizasiz rejim o‘rnatilgan davlatlar sonini 85taga yetkazdi.

«Aytishim kerakki, O‘zbekiston MDH hududida viza rejimining liberallashuvi bo‘yicha ikkinchi davlat bo‘ladi. Faqat Gruziya oldinda - unda 100ta mamlakat. Kelajakda qaysi davlatlarning fuqarolari O‘zbekistonga kelishi uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanligi haqida yana o‘ylab ko‘ramiz. Davlat rahbari bir qator yirik davlatlar bilan vizasiz rejim o‘rnatish to‘g‘risida jiddiy ko‘rsatma bergan. O‘ylaymanki, bir oy ichida ushbu qarorlar sizlarga yetkaziladi. Umid qilamanki, mamlakat rahbarining qo‘shimcha qarorlari bo‘ladi», - dedi Abduhakimov jurnalistlarga.

Vizasiz rejim O‘zbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. 30 kunlik muddati tugashidan oldin chet el fuqarosi O‘zbekistonni tark etishi kerak. 30 kunlik muddatdan oshish qoidalarni buzish hisoblanadi va ma'muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid