"Özbekoziqovqatxolding" XK raisi Toxirjon Jalilov- Bugun biz mamlakatimiz fuqarolarining yuqori sifatli mahalliy mahsulotlardan foydalanişga bölgan qiziqişini rağbatlantiriş uçun bölimimiz tomonidan işlab çiqilgan dasturni e'tiboringizga havola qilamiz.

Har bir inson eng yaxşisini qidiradi. Yuqori sifatli mahalliy mahsulotlarga keng iste'molçilar e'tiborini jalb qiliş esa işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning foydali xususiyatlari, ilğor texnologiyalari hamda mahsulotning tarkibiy qismlari haqida yuqori mahorat bilan, professional darajada va qiziqarli qilib sözlab berişdadir.

Bu holat iste'molçilarimizga sanoatimizning eng yaxşi vakillarini tez va oson taniştiriş imkonini yaratib beradigan Davlat dasturini işlab çiqarişimizga turtki böldi. Şunday qilib, oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan özbek mahsulotlarini maxsus ramzlaş böyiça dastur işlab çiqildi. Fikrimizça, bu Özbekistonni öz vatani deb biladigan aholining hurmati va ğururi ösişiga yordam beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişning iqtisodiy ösişini rağbatlantiradi. Bu işlab çiqaruvçilarning oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (xizmatlarini qadoqlaş, saralaş, saqlaş va etkazib beriş) sifatini yaxşilaşga bölgan intilişlarini kuçaytiradi

Dastur yordamida biz özbekistonliklarning fuqarolik javobgarligi oşişiga umid qilamiz. Mamlakat fuqarolari mahalliy mahsulotlarni sotib olayotganda, ular eng yaxşi, xalqaro standartlarga muvofiq işlab çiqarilgan foydali mahsulotlarni iste'mol qilişlarini va bundan taşqari, mamlakat iqtisodiyotini şaxsan qöllab-quvvatlab, farovonlik asoslarini yaratişga öz hissalarini qöşayotganliklarini tuşunadilar.

“Özbekistonniki yaxşi” davlat dasturi jamiyatni birlaştirişga imkon beradi. Barçamiz birgalikda, bir-birimizni qöllab-quvvatlagan holda, yurtdoşlarimiz tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarni sotib olib, şu yerda va hozirning özidayoq özimiz uçun yaxşiroq hayotni yaratamiz. Farzandlarimizning qanday mamlakatda voyaga yetişi bevosita bizga boğliqdir.

“Özbekistonniki yaxşi” – “Uzbekiskoye luçşeye” şiori, mahalliy mahsulotlar salohiyatiga yanada yuksakrok işonç bildiradi.

Davlat yorliği dasturini amalga oşiriş ikkita asosiy usul orqali amalga oşiriladi. Birinçisi, töğridan-töğri Özbekiston oziq-ovqat sanoatining eng yaxşi vakillari mahsulotlarini tamğalaş bölsa, ikkinçisi - yuqori sifatli mahalliy mahsulotlarni namoyiş etadigan dökon derazalari, peştaxtalar va boşqa savdo va körgazma uskunalarida ramzni aks ettirişdir.

Dasturni amalga oşiriş doirasida mahsulotlarni tamğalaşdan taşqari, iste'molçiga ma'lum raqobatdoş ustunliklar haqida ham ma'lumot berib ötiş, uşbu ma'lumotlarni töğridan-töğri savdo nuqtalarida joylaştiriş hamda ijtimoiy va ommaviy axborot vositalari materiallarida joylaştiriş joizdir.