Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga rossiyaliklarga Ukraina fuqaroligini berish jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashga topshiriq berdi.
Ukraina prezidenti saytida e'lon qilingan hujjatda "siyosiy qarashlari bois ta'qibga uchragan" shaxslar haqida so‘z yuritilgan.
Hujjatga ko‘ra, "Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasini ta'minlashda qatnashgan" xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan ham soddalashtirilgan tartib qo‘llaniladi.
2018 yil noyabrda Ukraina Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlagandi. Vladimir Putin Moskva cheklov kiritmasligini, aksincha, ukrainaliklarga Rossiya fuqaroligini berishni yengillashtirishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026