Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sayyohlar uchun Wi-Fi tezligi yaxshilanadi
Bugunga kelib raqamli texnologiyalar turistlarga butun dunyo bo‘ylab dadil va erkin sayohat qilish imkonini bermoqda. Sayyohlar birgina tugmani bosish orqali muloqot qilishi, bir joydan ikkinchisiga ko‘chishi, to‘lov amalga oshirishi yoki boshqa qiziq narsalarni topishi mumkin, buning uchun esa, albatta, Internet tarmog‘i zarur. Shunday ekan, Internetga kirish sayyohning taassurotlarini yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartira oladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan mehmonxonalarni butunjahon Internet tarmog‘iga kirish, jumladan 4 mb/s’dan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta'minlashga doir talablarni kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, hujjatga muvofiq aeroportlar, temir yo‘llari va avtovokzallar hududi ham 4 mb/s’dan kam bo‘lmagan tezlikdagi simsiz Wi-Fi bilan ta'minlanadi.
Mazkur qadam turistik “aqlli shahar”ni yaratish bosqichlaridan birinchisi hisoblanadi, bu yerda yuqori texnologiyalar infratuzilma va xizmatlarni yaxshilash hamda mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish yo‘lida xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026