Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Xalqaro şaxmat federatsiyasining (FIDE) tvitterdagi sahifasidagi ovoz berişda iştirok etgan muxlislar talqiniga köra tarixdagi eng buyuk şaxmatçi deb tan olindi. Amaldagi çempion uçun 36 foiz ovoz berilgan.

Karlsen şaxmat tojini 2013 yildan beri özida uşlab kelmoqda. U, şuningdek, uçta toifa – klassik şaxmat, rapid va blitsda mutlaq çempion bölgan ilk şaxmatçi bölgan. Bundan taşqari, norvegiyalik FIDE reytingiga yetakçilik qilgan eng yoş şaxmatçi hisoblanadi. Öşanda u 19 yoş bir oylik bölgan.

 

2-örinni rossiyalik grossmeyster Gari Kasparov (28 foiz ovoz), 3-örinni amerikalik Bobbi Fişer (25 foiz ovoz) egallagan.

11 foiz respondentlar “boşqa şaxmatçi” varianti uçun ovoz berişgan. Ovoz berişga qöyilmagan şaxmatçilar orasida Vişvanatan Anand eng köp esga olingan.

Sörovnomada 500 dan köproq odam iştirok etgan.