Rossiyaning Samara oblasti şifoxonalariga Sizran tumanidan ötkir zaharlaniş alomatlari bilan tuşgan özbekistonlik migrantlar kalamuşlarga qarşi qöllanuvçi zahardan jabrlangan bölişlari mumkin. Bu haqda “Volga Nyus” naşri xabar berdi.  

Ayni vaqtda odamlar zaharlangan vositaning nimaligi aniq örnatilmagan va tadqiqotlar yana bir oy davom etişi mumkin. Bu haqda Tolyattidagi 1-sonli şifoxona boş şifokori Leonid Razlivinskix xabar qildi. Biroq uning aytişiça, jabrlanuvçilar dikumarinlar (qon quyilişini kamaytiruvçi antikoagulyant bölib, kalamuş zaharlarida qöllanadi) guruhiga kiruvçi vositadan zaharlangan bölişlari mumkin.

17 iyunda Samara va Tolyatti şaharlari şifoxonalariga Koşelevka qişloğidan turli oğirlikdagi zaharlaniş alomatlari bilan Özbekistonning 46 nafar fuqarosi yetkazilgan. Keyinroq jabrlanuvçilar soni 69 nafarga yetgan.

Rossiya tergov qömitasida hududga kişloq xöjaligi işlarida işlaş uçun 60 kişi kelgani ma'lum qilingan. Ular Sizran tumanidagi uyda yakka holda yaşaşgan va özlariga ovqat tayyorlaşgan. 

Razlivinskixning ta'kidlaşiça, 14 avgust holatiga köra, 1-sonli şifoxonaning toksikologik bölimida zaharlaniş alomati bilan keltirilgan 44 nafar kişidan 41 nafari hali ham davolanişda qolmoqda. 3 kişi soğayib ketgan.

Şifokor bemorlarning ahvoli yuzasidan izohlar berişdan boş tortgan, biroq ularga barça zarur tibbiy yordam töliq hajmda körsatilayotganini ta'kidlab ötgan. Özbekistonliklarning davolaniş jarayoni Samara oblasti soğliqni saqlaş vazirligi nazoratiga olingan.