Milliy statistika qömitasi ma’lum qilişiça, joriy yilning birinçi yarmida 3 million 512 ming nafarga yaqin Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda çet elga çiqqan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming nafarga köp.

Hisobotga köra, 2026 yilning yanvar–iyun oylarida özbekistonliklar eng köp quyidagi davlatlarga safar qilgan:

  • Qirğiziston - 1 million 547 ming 589 nafar;
  • Qozoğiston - 667 ming 722 nafar;
  • Tojikiston - 619 ming 515 nafar;
  • Rossiya - 183 ming 759 nafar;
  • Saudiya Arabistoni - 153 ming 591 nafar;
  • Turkiya - 127 ming 241 nafar;
  • Birlaşgan Arab Amirliklari - 41 ming 780 nafar;
  • Xitoy - 36 ming 502 nafar;
  • Misr - 25 ming 905 nafar;
  • Vetnam - 23 ming 409 nafar.

Statistikadan körinişiça, özbekistonliklarning xorij safarlarida qöşni davlatlar yetakçilik qilmoqda. Ayniqsa, Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistonga amalga oşirilgan taşriflar umumiy turistik safarlarning katta qismini taşkil etgan. Şuningdek, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Turkiya ham özbekistonliklar eng köp taşrif buyurgan mamlakatlar qatorida qayd etilgan.