Jyeyms Bondning 1965 yilda işlab çiqarilgan, qator josuslik funksiyalari bilan jihozlangan Aston Martin DB5 avtomobili AQŞning Monterey şahrida ötkazilgan Sotheby's auksionida 6,4 million dollarga sotildi.
"Dunyodagi eng maşhur avtomobil - Jyeyms Bondning 1965 yilda işlab çiqarilgan Aston Martin DB5 avtomobili 6,4 million dollarga sotildi. Sotheby's auksioni Montereyda DB5 böyiça yangi rekord örnatdi!", - deyiladi Sotheby's auksionining Twitter akkauntida.
Mazkur avtomobil Jyeyms Bond haqidagi filmlarni reklama qiliş uçun yaratilgan va ekranlarda heç qaçon körinmagan.
Avtomobil davlat raqamini almaştiradigan mexanizm, suriladigan öq ötkazmaydigan orqa parda, katapultali kreslo, şinalarni teşadigan uskuna va tutunli granata otadigan tizim bilan jihozlangan.












