O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hisoblagichlar haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar e'lon qildi.

1. Hisoblagichlar dasturlangan. Sizning hisoblagichingiz elektrning qaysi o‘lchamlarini hisobga oladi? Nomlanishi/ belgilanishi/ "tugma” bilan qanday chaqiriladi?

2. Reaktiv/faol energiyaning hisobini yuritish (ha/yo‘q). To‘lovga qanday ta'sir ko‘rsatadi?

YeX18 turidagi elektroenergiya hisobini yuritish uskunasi faol va reaktiv energiya hisobini to‘g‘ri va teskari yo‘nalish bo‘yicha yuritadi. Iste'molchi faqat to‘g‘ri yo‘nalishda foydalanilgan faol energiya haqini to‘laydi. Reaktiv energiya haq to‘lashda hisobga olinmaydi.

3. Tarmoqdagi kuchlanishning pastligi. Stabilizatorlardan foydalanishda 170/180 kuchlanishda iste'mol qanday o‘zgaradi? Nima uchun iste'molchi kam kuchlanish uchun qo‘shimcha haq to‘lashi kerak (me'yoriy asoslash)?

Yuqori yoki past kuchlanish YeX18 turidagi elektroenergiya hisobini yuritish uskunasi aniqligiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Nihoyaviy ishchi kuchlanish bilan nominal kuchlanish diapazoni 161-276 ni tashkil etadi.

Fizik qonuniyatlarga tayanadigan bo‘lsak, kuchlanish kamayganda, tok mutanosib tarzda oshadi, demak, iste'mol o‘zgarmaydi. Stabilizatorlar o‘rnatilganda iste'mol oshadi, stabilizatorning fikidan kelib chiqib, masalan, stabilizatorning fik 95 %ga teng bo‘lsa, yuklama paytida u 1 kVs + 5% energiya iste'mol qiladi, shuningdek, bo‘sh ishlatilganda stabilizatorning texnik xossalariga ko‘ra energiya sarflaydi.

4. T1/T2 va h.z. - bu nima? Agarda bu Tarif bo‘lsa, u haq to‘lashga qanday ta'sir ko‘rsatadi va umuman, turlicha tarifikatsiyalarni kiritish rejalashtirilganmi?

T1/T2/T3/T4 – bu energiyani kun paytiga nisbatan tariflar bo‘yicha hisoblash bo‘lib, hozirgi paytda ushbu funksiyadan foydalanilmayapti. Kelajakda vaqtga oid bo‘linishlar ko‘zda tutilgan, bunda kunning turli paytida elektr energiyaning narxi turlicha bo‘ladi. Ushbu hisob-kitob ulanish qiymati 750 kVt ga teng yuridik abonentlar uchun qo‘llanilmoqda.

5. O‘rnatishda yo‘l qo‘yilgan xatolar.