Özbekistonda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, ularning faoliyatini yanada kengaytiriş va haq-huquqlarini qonun bilan himoyalaşga doir işlar sur'ati tezlaşib ketdi. Ammo, taassufki, joylardagi hanuz uçrab turadigan ayrim holatlar köngilni xira qiladi.
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanidan Kun.uz tahririyatiga yuborilgan murojaat ham tadbirkordan. Tezda çora körilmasa, u 1 milliard 600 million söm puliga kuyib qolişi mumkin. Uşbu tadbirkor bilan boğliq muammo faqat tuman yoki viloyat kesimida emas, qaysidir ma'noda respublika miqyosida ham öz yeçimini kutmoqda.

Uşbu tumanning Quduq qişloğida istiqomat qiluvçi tadbirkor Hamza Toştemirov va boşqa tadbirkorlar bank kreditlari orqali aholiga tarqatilgan mayda va yirik şoxli mollar uçun tört oydan buyon pullarini ololmayotgani yuzasidan murojaat qildi.
Hamza Toştemirov «Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori va «Har bir oila – tadbirkor» dasturida belgilab berilgan vazifalar asosida bank kreditlari hisobiga aholiga mayda va yirik şoxli mollarni tarqatgan.
Yanada aniqroq aytadigan bölsak, tadbirkor joriy yilning 10 va 28 may kunlari «Agrobank» orqali 44 nafar fuqaroga, «Milliy bank» orqali 33 nafar va boşqa banklar orqali 10 nafardan ziyod fuqaroga mol bergan. Ammo uşbu çorva mollari uçun u hamon mazkur banklardan pul olganiça yöq.

— Bankning qarorida körsatilişiça, ta'minotçi molni oldindan ta'minlab bersa, biz monitoring qilib pulini tuşirib beramiz deyişdi, — deydi tadbirkor H. Toştemirov. — 10 kun muddatga deyilgan narsa 5 oyga qarab ketyapti. Banklar «resursimiz yöq» deb pulimizni tuşirib bermayapti. Borgan sari bankrot bölyapmiz.
Ma'lumotlarga köra, u şu kunga qadar 300 nafarga yaqin fuqaroga qoramol bergan bölsa, şulardan 200 nafarining pulini olgan, qolgan 100 nafarining pullari esa, yuqorida tadbirkor ta'kidlaganidek, «resurs yöq»ligi sabab berilmayapti.
Yuqori turuvçi taşkilotlarning bu muammoga nisbatan munosabati qanday bölyapti, dersiz?




















