Sport avtomobillari işlab çiqaruvçi Aston Martin Lagonda Global Holdings kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş va daromadga qaytiş maqsadida 500ga yaqin iş örnini qisqartirişni rejalaştirmoqda. FactSet ma'lumotlariga köra, kompaniyada 2450ga yaqin kişi işlaydi.
Kompaniyaning hisob-kitobiga köra, bu mavjud xarajatlarni yiliga 10 mln, bevosita işlab çiqariş xarajatlarini 8 mln va kapital xarajatlarni 10 mln funt sterlingga qisqartiriş imkonini beradi.
Ilgari AMG kompaniyasiga rahbarlik qilgan Tobias Mors ötgan haftada Aston Martin boş direktori böldi.
Aston Martin 1913 yilda taşkil etilgan. Kompaniya 1994-2007 yillarda Ford Motor Co kompaniyasiga tegişli bölgan, hozirda unga investorlar konsorsiumi egalik qiladi.











