AQŞ va Rossiya örtasidagi katta kölamli yadro uruşi natijasida nafaqat ikki davlat hududi töliq yöq böladi, balki Yer şari kamida 10 yilga yadro qişiga çömadi.
Bunday xulosaga AQŞning atmosfera tadqiqotlari milliy markazi va Kolorado universiteti olimlari kelişdi. Ularning tadqiqotlari Journal of Geophysical Research naşrida çop etilgan.
Iqlimşunoslar ikki davlat yadro qurollariga asoslanib, yadro uruşi oqibatlarini modellaştirişgan. Agar bu qurollar qöllansa, sayyoramiz atmosferasiga 147 mln tonna qurum kötarilib, u bulutlar şakllantiradi va quyoş nurini tösib qöyadi. Bu jarayon oqibatida Yer sirtining örtaça harorati 9 darajaga pasayib ketadi.
“Stratosferadagi şamollar bu qurum bilan butun Yer şarini qoplab olişi uçun bir neça haftagina talab etiladi”, deyilgan tadqiqotda.
Uşbu qurumni tarqatib yuboriş uçun kamida 7 yil kerak böladi. Yana 3 yil quyoş nurining normal darajasining tiklanişi uçun ketadi.

Yadro uruşi şuningdek kuçli mussonlar, Tinç okeani ekvotarial qismi sirti harorati va El-Nino sikllari özgarişiga olib keladi. Bu hodisalar ham iqlimga ta'sir körsatadi.
Iqlimşunos Joşua Kupning ta'kidlaşiça, uşbu tadqiqot sayyoramizda yadro uruşidan keyingi voqealar rivojining 4-ehtimoliy ssenariysi hisoblanadi. Olimlar uning natijalarini NASA’ning Goddard nomidagi kosmik tadqiqotlar instituti ötkazgan modellaştiriş bilan taqqoslaşgan. Biroq yangi iş yadro portlaşlarining atmosferaga ta'sir qilişining kengroq maydonini (60 kmga) qamrab olgan va qurum tarqaşi haqida aniqroq ma'lumotlar beradi.
Olimlarning ta'kidlaşiça, bunday tadqiqotlar yadro quroliga ega davlatlar siyosatçilari yadro uruşining ehtimoliy oqibatlari haqida tasavvurga ega bölişlari, qarorlar qabul qilişda ularni hisobga olişlari va yadro qurolini qisqartiriş çoralari ustida işlaşlari uçun zarur.












