Apple Watch Series 5 yangi soatlari iPhone 11 bilan birgalikda taqdim qilinişi kutilmoqda. Soat yanada avtonom holatga keladi va uyqu monitoringida yaxşilangan funksiyalarga ega böladi.

Apple hademay özining iPhone 11 modelini va qöşimça ravişda Watch Series 5 yangi soatlarini taqdim qilişi mumkin, taqdimot 10 sentyabrda bölişi kutilmoqda. Aksessuarning ehtimoliy anonsi haqida gadjet uçun uskunalar yetkazib beruvçilarga asoslanib Xitoy manbalari xabar bermoqda.

Yangi hisobotga asoslangan holda, Apple Watch Series 5'da Japan Display Inc. (JDI) kompaniyasi işlab çiqargan OLED-ekrandan foydalaniladi. Kompaniya şu yilda soat displeylarining 15-20 foiz qismini yetkazib bersa, 2021 yilgaça uluş 70-80 foizga yetişi taxmin qilinmoqda.

Kutilayotgan yangilanişlar qatoriga uyqu holatini nazorat qilişning ilğor funksiyalari, öz-özini boşqariş yaxşilangani hamda korpusning keramika va titandan işlab çiqarilayotganini kiritiş mumkin. Şuningdek takomillaştirilgan aloqa modullariga ega çaqqon protsessori örnatilişi ham kutilmoqda.