Tahlilçilar ma'lumotlariga köra, 2020 yilning 2-çoragida dunyo böyiça smartfonlar savdosi 2019 yilning şu çoragiga nisbatan 20,4 foizga qisqargan va 294,7 mln donani taşkil qilgan.   

Eng köp smartfon Huawei kompaniyasi sotgan – umumiy savdodan 20 foiz. Keyingi örinlarni Samsung (19,5 foiz) va Apple (13,5 foiz) egallagan.

Dunyoda eng xaridorgir smartfon iPhone 11 bölgan. Undan 2-çorakda 37,7 mln dona sotilgan. 2-örinni yetakçidan katta farq bilan Samsung Galaxy A51 egallagan: uşbu smartfondan 11,4 mln dona sotilgan. 3-örinni 11 mln dona sotilgan Xiaomi Redmi Note 8 egallagan.

E'tiborlisi, eng xaridorgir smartfonlar öntaligiga iPhone’ning 5 ta, Xiaomi’ning 4 ta smartfoni kirgan.