Endi narxlar barqarorligini Markaziy bank ta'minlaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining joriy yil 17 avgust kungi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” Qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mita a'zosi, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi ijro etuvchi direktori Eldor Tulyakovning yozishicha, qonunga ko‘ra, endilikda narxlar barqarorligini Markaziy bank ta'minlaydigan bo‘ldi.
Shu bilan birga, Bankning qolgan ikki maqsadi, xususan, bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi hamda to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishiga oid maqsadlar bosh maqsadga zid kelmasligi zarurligi ham belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, yangi Qonunda Markaziy bankning maqsadi foyda olish emasligi ham aniq ko‘rsatib o‘tildi.
“Narxlar barqarorligini ta'minlash aniq organ – Markaziy bankning bosh maqsadi sifatida belgilanishi bozor kon'yunkturasiga ijobiy ta'sir qilishiga umid qilamiz.
Natijada esa, joriy yilgi Davlat dasturining 58-bandida Markaziy bankka asosiy ijrochi sifatida yuklatilgan “Monetar siyosatni takomillashtirish, Hukumat va Markaziy bankning narx-navo barqarorligini ta'minlash bo‘yicha konsepsiyasi”ni ishlab chiqishga oid ishlarning ham samaradorligi ortadi”, - deb yozadi Eldor Tulyakov.
Mavzuga oid
17:46 / 26.12.2024
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi
19:05 / 25.12.2024
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishni nega rad etayotgani ma’lum bo‘ldi
11:21 / 25.12.2024
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
08:20 / 13.12.2024