Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko "haddidan oshib ketgan" pogonlilarni "jamiyatdan yulib tashlash" bilan tahdid qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat huquqni muhofaza qilish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligini qayd etdi va ayrim "haddidan oshib ketgan" kuch ishlatarlarni "jamiyatdan yulib tashlash" bilan tahdid qildi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar bermoqda.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, odamlarda huquqni muhofaza qilish organlarini birinchi navbatda inson hayoti va taqdiri emas, raqamlar va reytinglar qiziqtiradi degan tasavvur uyg‘onmoqda.
"Jinoiy ishlar surishtiruvida soxtakorlik shu darajadaki, undan ko‘ra bu jinoyat ishlarini ochmaganinglar ma'qul. Ayrim pogonlilar shu darajada quturib va haddidan oshib ketganki, ular nafaqat pogon taqmasliklari kerak – bu odamlar jamiyatimizdan o‘zlari tekshirayotgan ishlardan ham tezroq olib tashlanishi lozim", - dedi u.
"Ko‘rib qo‘yinglar, taqdirni belgilovchilar! Uyga bostirib kirib, bolalar, homilador ayollar ko‘z o‘ngida odamni yerga yotqizib, qo‘lini qayirasiz, eng kamida bir nechta qovurg‘asini sindirasiz, miyasini chayqaysiz. Bunday miyasiz odamlarga huquqni muhofaza qilish tizimida o‘rin yo‘q", - ta'kidladi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026