Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 18 avgust kuni Novosibirsk oblastida K-17p trassasining 374-kilometrida yöl-transport hodisasi röy berdi. 

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, unda bir kişi vafot etdi, haydovçi va mikroavtobusning 8 nafar yölovçisi, jumladan 7 nafar Özbekiston fuqarosi jarohat oldi.

Barça jarohatlanganlar Novosibirsk oblasti Karasuk şahar markaziy tuman kasalxonasiga joylaştirildi.

Uşbu holat yuzasidan tergovgaça bölgan tadbirlar olib borilmoqda.

Boş konsulxona mazkur vaziyatni öz nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa örnatdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatişiça, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy ölkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk oblasti, Baykal orti ölkasi, Kemerovo oblasti, Krasnoyarsk ölkasi, Novosibirsk oblasti, Novosibirsk şahri, Omsk oblasti, Tomsk oblasti, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi) hududida fuqarolar zarur holatlarda Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.