Endilikda Özbekiston fuqarolari özlarining uylari, korxonalari va boşqa mulklari joylaşgan yerni xususiylaştirib oliş imkoniga ega bölişdi.
Kuni keça qabul qilingan «Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi qonun,qörqmay aytiş mumkinki,tarixiy hujjat böldi. Çunki şu paytgaça bizda yer davlatniki, hammamiz undan u yoki bu tarzda foydalanuvçi edik, xolos.
Tarixga nazar taşlasangiz, özbekning qölidan yer tortib olingan kolxozlaştiriş davridan beri biz yerdan foydalanuvçi bölib kelganmiz. Sobiq ittifoqning sönggi yillarida va Mustaqillik davrida yerni xususiylaştirişga bir neça marta uriniş bölgan, ammo bu urinişlar turli sabablarga köra muvaffaqiyatli yakunlanmagan.
Mana, nihoyat, hukumatning bu masaladagi qat'iy siyosati hamda ijtimoiy-iqtisodiy şaroit taqozosi bilan yerlarni xususiy mulk sifatida rasmiylaştiriş imkoni paydo böldi.
Bu nima degani?
Yerni xususiylaştirişning ahamiyati ikki muhim omil orqali namoyon böladi.
1. Ma'naviy omil. «Er kişi yer sotmaydi, yer sotgan er bömaydi», degan Mirzakarimboy haq edi – yer mulklar orasida eng salmoqlisi va eng qadrlisi ekanini keksa savdogar yaxşi bilgan.
«Qaydan bilsin ot qadrin ot minmagan erkaklar» (M.Yusuf) deganlaridek, yuz yildan ortiq yerga egalik nimaligini bilmagan millat bu hujjatning qadriyu ahamiyatini töliq anglamayotgandek. Aslida, bu tarix kitoblariga muhrlanadigan, kelgusida hujjat qabul qilingan kun «kun tarixi» ruknida birinçi navbatda esga olinadigan sanadir.
Yerning xususiy mulkka aylanişi ma'naviy tomondan fuqaroga katta işonç beradi. Xususiy yerga kişining mehri boşqaça böladi. Yer egasi özini oyoqda mahkam turgandek his qiladi, uzoq kelajakka doir rejalar tuzadi va istiqbolini aniqroq köra boşlaydi.
Qolaversa, ayrim katta töralar tomonidan endi «Yer seniki emas, davlatniki» degan iddaolar bölmaydi. Öz uyingizda ijarada turgandek yaşamaysiz.
2.
Mavzuga oid
Iqtisodiy omil.
Heç bir işlab çiqariş yersiz amalga oşmaydi, çunki har qanday korxona bir parça yer ustiga joylaşgan böladi. Yer – xuddi kapital, energiya, axborot singari iqtisodiy omil. Olaylik, işçi kuçi arzon, texnika qimmat bölsa, tadbirkor qimmat texnika sotib olişdan köra köproq işçi yollaşga harakat qiladi. Xuddi şunday, korxonasi qimmat yerda joylaşgan bölsa, uni sotib, işni arzon yerga köçirişga harakat qiladi, çunki yerning narxi ham mahsulot tannarxiga ta'sir qiladi. Demak, yer xususiylaşsa, tadbirkor ham, jamiyat ham foyda köradi (şaharning markazida işlab çiqariş korxonalari bölmaydi, masalan).
Yerga kim egalik qiladi? Albatta, undan köp foyda olişga qodir bölgan, şu sababli yer uçun bozorda eng yuqori narx bera oladigan şaxs. Ta'kidlaş joiz, u puli köp bölgani uçun yerni qimmat bahoga sotib olmayapti (normal şaroitda tadbirkor pulni bankdan kreditga oladi, hatto şu yerni garovga qöyib bölsa ham), balki u şu yer uçastkasida foydali biznesni yölga qöya olişiga közi yetgani uçun sotib olyapti. Demak, yerga egalik yerdan foydalanuvçilarni makonda oqilona, öz örnida joylaştiriş uçun turtki böladi.
Şuningdek, yer xususiy mulkka aylangaç, öz-özidan yer bozori paydo böladi, xuddiki bir paytlar uy-joy xususiylaşgaç, uy bozori paydo bölganidek. Demak, yerning haqiqiy bozor bahosi şakllanadi.
Bundan taşqari, yerni garovga qöyiş, ijaraga beriş kabi imkoniyatlar paydo böladi, ya'ni yer iqtisodiy muomala obektiga aylanadi.
Oddiy fuqaro hayotida nima özgaradi? Birinçi navbatda, uning xususiy mulki mustahkam himoyaga ega böladi.
Bugungi «buz-qur» zamonida uy-joylarni davlat ehtiyoji uçun olib qöyiş, obod şaharlar va mahallalar quriş asnosida xususiy mulk daxlsizligi masalasi birmunça muammoga aylangani sir emas. Odamlar yerning emas, faqat uning ustiga qurilgan binoning mulkdori bölgani holda, ba'zan şu binoning ham tovon pulini ololmay sarson bölyapti. Şunday şaroitda fuqarolarning mulkini himoya qiliş uçun uni mutahkam zaminga boğlab qöyiş imkoni paydo böldi.
Hujjatda aytilişiça, xususiy yerlar faqat mulkdorning roziligibilan davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi mumkin. Agar yer xususiylaştirilgan bölsa, endi binoning, mulkning kompensatsiyasini tölabgina, yerni davlat ehtiyojlari uçun olib qöyiş imkoni bölmaydi. Bunda yerni mulkdordan sotib oliş yoki boşqa yöl bilan uni rozi qiliş kerak böladi. Agar rozi qilinmasa, uning yerini olib qöyiş mumkin emas.
Tasavvur qiling: Sitining örtasida bitta kulba turibdi. Demak, öşa kulba joylaşgan yer egasi yerini sotişni istamagan. Xususiy mulk daxlsizligi şu böladi.
Qurbi yetmaganlar-çi? Ayrimlar aholining daromadlari past bölgan şaroitda yerni xususiylaştiriş nimaga kerak, masalan, şahar markazida yaşovçi pensioner qariyalar yoki kam ta'minlangan oilalar baribir özi yaşab turgan yerni xususiylaştirib ololmaydi-ku, deyişi mumkin.
Bir jihatdan haqli e'tiroz. Lekin şu sababni deb yerni xususiylaştirişning ahamiyatini kamaytirib körsatiş töğri emas. Avvalo, yerni xususiylaştirib oliş uçun juda katta mablağ talab qilinmaydi: hozirça, buning mexanizmi işlab çiqilmoqda.
Qolaversa, tasavvur qiling, bir mahalladan heç bölmasa bir fuqaro öz uyi joylaşgan yerni xususiylaştirib oldi. Şuning özi butun mahalladagi binolarni noqonuniy buzilişdan himoyalovçi qöşimça qalqon bölişi mumkin. Birgina şu fuqaro yerimni sotmayman, deb tursa, kifoya. Butun mahallani buzib, bitta uyni qoldirib kim «siti» qura oladi? Vaholanki, yerni xususiylaştirişga qurbi yetadiganlar mahallada bir neça, hatto önlab bölişi mumkin, ayniqsa, şahar markazida.
Demak, fuqarolarda hokimiyat bilan mojarolarda öz mulklarini himoya qiliş uçun yana bir riçag paydo böldi.
Yerlar talon-toroj bölib ketmaydimi? Yöq, unday bölişi mumkin emas. Çunki jismoniy va yuridik şaxslarga faqat mulki joylaşgan yerni xususiylaştirib olişga ruxsat berilyapti. U hatto qöşnisining bir qariç yerini ham öziniki qilib ololmaydi, ustida öziga tegişli bino bölişi kerak.
Korrupsiya uçun yangi darça oçilmadimi? Hokimliklar yerlarni xususiylaştirişni avval rad etib, ma'lum manfaat evaziga keyin rozilik beriş hollari uçramaydimi, degan xavotir bölişi mumkin. Bu asossiz qörquv. Çunki qonunda yerlarni xususiylaştiriş qaysi holatlarda rad etilişi mumkinligi aniq sanab berilgan.
Qonunga köra, yer uçastkalarini xususiylaştirişni rad etişga quyidagilar asos bölişi mumkin:
yer uçastkalariga nisbatan sud jarayoni ketayotgan bölsa;
yer uçastkalarida joylaşgan köçmas mulk obektlariga nisbatan taqiq yoki xatlov mavjud bölsa;
ariza berilguniga qadar yer uçastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş, infratuzilma obektlarini quriş töğrisida vakolatli davlat organlari hujjatlari mavjud bölsa;
arizada notöğri, bir-biriga zid bölgan yoki buzib körsatilgan ma'lumotlar aniqlansa;
yer uçastkasi uçun Qonunda belgilangan muddatda va töliq tölov qilinmagan bölsa.
Körinib turganidek, bu röyxat uzun emas va uni istagança talqin va tatbiq etiş mumkin emas.
«Biz yerni ajdodlardan merosga oldik deb xato öylaymiz, aslida biz uni avlodlardan qarzga olganmiz», degan edi Antuan de Sent Ekzyuperi. Yerga oqilona munosabatda böliş bizning farzandlar oldidagi burçimiz. Ayniqsa, bu yer özimizning xususiy mulkimiz bölsa. Şu nuqtai nazardan uşbu Qonunni yerga bölgan tabiiy egalikni (va mas'uliyatni) qonunlaştiruvçi hujjat deb baholaş mumkin.