Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunga köra, yer uçastkalarini xususiylaştiriş quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:
doimiy foydalaniş (egalik qiliş) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqlari asosida tegişli bölgan yer uçastkalarini yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan sotib oliş;
yer uçastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotiş.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölgan jismoniy şaxslar va Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölgan yuridik şaxslar yer uçastkalarini xususiylaştirişi mumkin.
Quyidagi yer uçastkalari xususiylaştirilmaydi:
xususiylaştirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obektlar joylaşgan yer uçastkalari;
rejalaştiriş sxemalari bölmagan hududlarda joylaşgan yer uçastkalari;
tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uçun möljallangan yerlar tarkibiga kiruvçi yer uçastkalari;
örmon va suv fondlarining, şaharlar va şaharçalarning umumiy foydalanişdagi yerlari (maydonlar, köçalar, tor köçalar, yöllar, sohil böylari, skverlar, xiyobonlar);
xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanişga duçor bölgan yer uçastkalari;
erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari iştirokçilariga berilgan yer uçastkalari.
Qonunga muvofiq, köçmas mulk obektlari joylaşgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisidagi ariza yer uçastkasi joylaşgan tuman (şahar) hokimining nomiga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Mazkur ariza Yer uçastkalarini beriş masalalarini körib çiqiş böyiça komissiya tomonidan 10 iş kuni içida körib çiqiladi.
Komissiyaning xulosasi hokimning yer uçastkalarini xususiylaştiriş yoki ularni xususiylaştirişni rad etiş haqidagi tegişli qarorini qabul qiliş uçun asos böladi.
Yer uçastkalarini xususiylaştirişni rad etiş haqidagi qaror komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunda qabul qilinadi va uşbu qaror ustidan ma'muriy sudga şikoyat qilinişi mumkin.












