Özbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yöl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar taşilganda yuk bölimlariga maxsus bojxona plombalari qöyiş qoidalariga tegişli tuzatişlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
Eslatib ötamiz, maxsus bojxona plombalari bojxona nazorati ostida tovarlar taşilayotgan barça transport vositalarining yuk bölimlariga qöyiladi.
Qabul qilingan hujjat bilan bojxona plombalari qöyilmaydigan istisno holatlar röyxati kengaytirildi.
Çunonçi, mavjud bölgan istisnolarga quyidagi hollar qöşildi:
xalqaro şartnomalarga muvofiq, bojxona identifikatsiyalaş vositalari sifatida tan olingan xorijiy davlatlarning bojxona xizmatlari tomonidan transport vositalari, tovarlar va poçta jönatmalariga qöyilgan bojxona plombalari, muhr, ştamp izlari va rasmiy belgilar, şuningdek transport, ekspeditorlik taşkilotlari tomonidan transport vositalariga qöyilgan plomba, muhr hamda rasmiy belgilar mavjud bölganda;
jönatuvçi bojxona postlarida xavfni boşqariş avtomatlaştirilgan axborot tizimi qöllanilganda, agar transport vositasi va uning yuk bölimida bojxona qonun hujjatlari buzilişi xavfining belgilari aniqlanmaganda (tranzit tovarlar ortilgan transport vositalari hamda xalqaro hujjatlarda körsatilgan hollar bundan mustasno);
tovar sifatidagi avtotransport taşişda foydalaniladigan transport vositasiga;
çegara bojxona postlari hududlariga tutaş joylarda joylaşgan bojxona terminallariga yuboriladigan avtotransport vositalariga.
Bundan taşqari, bojxona plombasi tuşunçasiga ham tuzatiş kiritildi. Kiritilgan qöşimçaga binoan endi bu, şu jumladan transport vositalarini boşqariş va nazorat qilişning onlayn mexanizmini nazarda tutadigan navigatsion bojxona identifikatsiyalaş vositasidir.
Hujjat 16.08.2019 yildan kuçga kirdi.








