Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda har yil yakuniga qadar:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining mavjud bog‘ va tokzorlarini yagona ro‘yxatini shakllantirilishi;
b) iqtisodiy samarasiz, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlarni ekin maydoniga o‘tkazish, ushbu maydonlarda kamida uch yil davomida har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos ekinlarni ekish, belgilangan muddat o‘tgandan keyin intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilishini ta'minlaydi.
Samarasiz deb hisoblangan bog‘lar o‘rniga tokzorlar, samarasiz tokzorlar o‘rniga intensiv bog‘lar barpo etish bundan mustasno.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, fermer, dehqon xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarida iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Mavjud bog‘ va tokzorlar maydoni, so‘nggi uch yilda hosildorligi past bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarining manzilli ro‘yxatini aniqlash.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va bog‘-tokzorlar barpo etilgunga qadar ekin yerlar toifasiga o‘tkazish maqsadida puxta tahlillar o‘tkazish natijasida quyidagilar aniqlanadi:
a) bog‘ va tokzorlarning hosildorligi, hududda ekilgan mevali daraxtlar va tokning tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, turi, navi, yoshi va ekish sxemasi;















