Kun.uz tahririyatiga Surxondaryo viloyati Uzun tumanidan bir guruh tadbirkorlar murojaat qilişdi. Ularning aytişiça, tuman markazidagi sobiq eski dehqon bozori buzilgaç, u yerda faoliyat körsatgan 80dan ziyod tadbirkor muammolarga duç kelişgan.
Ayni paytda sobiq bozor örni tekislanib, bu joyda restoran va yozgi pavilon qurilmoqda.

Tuman mutasaddilarining tuşuntirişlariça, eski bozor buzilişiga sabab — u Obizarang daryosi muhofaza zonasida bölganidir. Yangi restoran va pavilon daryoning muhofaza zonasidan taşqarida barpo etilmoqda.

Buzilgan bozorda savdo qilgan tadbirkorlarga mikrofon tutganimizda, ularning sobiq dehqon bozori (xalq tilida — «Çuqur bozor») hududida joylaşgan dökonlari evaziga yaxşi joydan joy berilmagan. Yoki körilgan zararlar evaziga kompensatsiya tölanmagan. Ular öz vaqtida dökonlarni katta pullarga xarid qilişga va oilaviy işbilarmonlikni yölga qöyişgan bölgan. Ayni paytda işsiz qolib ketayotgan oilalar ham bor.

Dökonlaridan ayrilgan ayrim tadbirkorlar aynan buzib taşlangan «Çuqur bozor» örnidan ularga dökon quriş uçun joy ajratib berilişini talab qilişmoqda. Lekin buning iloji yöq. Çunki bu yerda Obizarang daryosining muhofaza hududiga rioya qilingan holda, mavjud boş rejaga asosan tadbirkor Alijon Aminov umumiy ovqatlaniş korxonasi barpo etmoqda. Eski bozor hududida uning ham dökonlari bölgan.

Uşbularni öqib, «Uzunda binoyidek bozorni köçirib, savdogar tadbirkorlar köçada qolgandir», deb öylarsiz. Lekin unday emas. Uzunda bir yil muqaddam yangidan dehqon bozori va uning yonida buyum bozori barpo etilgan.























