Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida LBMA tomonidan loyiha boşqaruvining yagona milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblangan «Investitsiya loyihalarini amalga oşirişni nazorat qiliş va monitoring qiliş» avtomatlaştirilgan axborot tizimi işlab çiqildi.
Prezident huzuridagi LBMA axborot xizmati xabariga köra, işlab çiqilgan tizim qöyidagi imkonlarni beradi:
loyihalarni hisobga oliş, ularning amalga oşirilişini nazorat va monitoring qiliş jarayonlarini avtomatlaştiriş;
loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va körsatkiçlari ustidan nazoratni amalga oşiriş;
investitsiyalar, şu jumladan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va özlaştirilgan hajmlari böyiça işonçli ma'lumotlarni şakllantiriş;
loyihalarni amalga oşirişda quvvatlarni öz vaqtida işga tuşiriş böyiça xavf-xatarlarni aniqlaş;
investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli körsatkiçlarga erişişni kuzatib boriş.
Tizimni işlab çiqişda investitsiya dasturlari amalga oşirilişining istiqboldagi talablari va tendensiyalari inobatga olingan. Tizimning funksional imkoniyatlari maksimal darajada «egiluvçan» formatda yaratilgan bölib, qöyilgan vazifalardan kelib çiqqan holda, tizim foydalanuvçilari va administratorlari uçun tizimli zanjirlarni sozlaş imkoniyatini beradi. Kiritiladigan va tizimdan olinadigan loyihalar amalga oşirilişini körsatuvçi ma'lumotlar, şakllar, jadvallar va infografikalarni sozlaş parametrlari deyarli çegaralanmagan imkoniyatlarga ega.
Tizim ikki tilda: özbek va rus tillarida işlab çiqilgan. Ayni paytda tizim test rejimida işlamoqda, loyihalar taşabbusi bilan çiqiş, ularni amalga oşiriş, nazorat va monitoring qiliş jarayoniga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va xöjalik birlaşmalarini tizimga ulaş yuzasidan işlar olib borilmoqda.
Axborot tizimini joriy etiş real vaqt rejimida samarali monitoring olib boriş, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilişini, investitsiyalar jumladan, töğridan-töğri investitsiyalar özlaştiriş şaffofligini ta'minlaş, loyihalarni amalga oşirişda xavflarni prognozlaş va oldini oliş, maqsadli körsatkiçlarga erişiş va bu orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş imkonini beradi.











