Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodimlarini uyida loy bosishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgan Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi boshlig‘iga hayfsan berildi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi rahbari qo‘l ostidagi xodimlarni uyida loy bosishga majburlanishi haqidagi xabar «O‘zarxiv» agentligi tomonidan Ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida 2019 yil 16 iyulda soat 6:00-8:40lar oralig‘ida jami 12 nafar xodim o‘z ixtiyori bilan hasharda ishtirok etganligi aniqlandi.
Hasharda ishtirok etgan xodimlarning har biri bilan, shuningdek davlat arxivlarining boshqa xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazilgan.
«Garchand, hasharda ishtirok etgan xodimlar tomonidan hashar o‘tkazilayotganligini eshitib o‘z ixtiyori bilan boshqarma boshlig‘i Yu.Kamolovning xonadoniga ishdan tashqari vaqtda borganligini, ularni hech kim majburlamaganligini, ishdan bo‘shatish bo‘yicha tahdidlar qilinmaganligini, ular tomonidan biror tashkilotga og‘zaki yoki yozma ravishda shikoyat qilinmaganligi ma'lum qilingan bo‘lsa-da, Farg‘ona viloyati arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i Yu.Kamolovga nisbatan rahbarlik etikasi va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etmaganligi, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yarata olmaganligi sababli «Hayfsan» e'lon qilindi hamda lavozimga loyiqlik masalasini ko‘rib chiqish belgilandi.
«O‘zarxiv» agentligi majburiy mehnatning har qanday turini qoralaydi hamda unga doimo qarshi turishini ma'lum qiladi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi
13:42 / 23.04.2026
"Javobgarlar qochib qolishdi" – Farg‘ona sitida tok urgan bolaning ahvoli o‘nglanmayapti
09:14 / 23.04.2026