Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yil 1 yanvardan boshlab bino va inshootlarni qurishda yangi majburiy tartib joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda:
qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligini ta'minlash;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish majburiy tartibda nazarda tutiladi;
b) davlat organlari va tashkilotlari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatishga majburdir;
v) mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik ko‘rsatkichlarini belgilash ularni O‘zbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.
Qurilish vazirligi Energetika vazirligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2019 yil 1 noyabrga qadar:
yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino hamda inshootlarning energiya samaradorligiga nisbatan talablarni tubdan oshirish maqsadida shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqsin;
bino va inshootlarning energiya samaradorligi darajasini (A, B, V va boshqa darajalar) belgilash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining ro‘yxat bo‘yicha mamlakat korxonalarida energetika menejmentini boshqarish tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019 yil 1 dekabrdan 2023 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi, mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:
energiya iste'moli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni kamaytirish;
resurslarni, birinchi navbatda moliyaviy mablag‘larni minimal darajada sarflab energiya iste'molini boshqarish samaradorligiga erishish, korxonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
Mavzuga oid
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026