Prezident maktablarining asosiy imtihonlarida iştirok etgan, yuqori ball yiğib öqişga qabul qilinmagan nomzodlar respublikadagi ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, ixtisoslaştirilgan maktablarga 5- va 7-sinfga ötayotgan öquvçilar qabul qilinadi.
Ixtisoslaştirilgan maktablar va ularda öqişga tavsiya etiladigan öquvçilar röyxati yaqin vaqt içida pm.xtv.uz saytida çop etiladi.
Prezident maktablari Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini taşkil etiş töğrisida"gi qaroriga asosan taşkil etilib, mamlakatda iqtidorli yoşlarni öqitiş tizimini yaratiş hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakçilik könikmalarini şakllantirişga qaratilgan.
Prezident maktablarini dastlab çeklangan miqdorda taşkil etilişi mazkur muassasalarni boşqarişning butunlay yangi modelini sinovdan ötkaziş bilan boğliqdir. Uşbu sinov muvaffaqiyatli ötgandan söng, kerakli xulosalarni olib 2020−2021 yillarda Prezident maktablari respublikaning boşqa barça viloyatlarida taşkil etiladi.











