Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligining ma’lumot berişiça, pezident maktablariga qabul 1 iyundan 20 iyunga qadar onlayn şaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oşiriladi.

Prezident maktabiga hujjat topşiriş uçun talabgor 4-sinfni tugatgan bölişi kerak, öquvçilar 5-sinfga qabul qilinadi. Hujjat topşiriş uçun talabgorning:

  • tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi;
  • fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ota-onasi yoki uning örnini bosuvçi şaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy işlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilişi lozim;
  • baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kerak böladi.

Umumta’lim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan öquvçilar prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.

Agentlik ma’lumotiga köra, öquvçilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topşirişi mumkin.

Misol uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktab öquvçilari faqat Nukus şahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab öquvçilari esa faqat Andijon şahridagi Prezident maktabiga hujjat topşirişlari mumkin.

“Maktabda öqiş uçun talabgorning matematika va tabiatşunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (a’lo) bölişi kerak. Boşqa fanlarga nisbatan uşbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bölişi şart”, deyiladi agentlik xabarida.