Bu haqda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jörabek Jangirov ma’lum qildi.
Hududlar kesimida bir öringa qabul qilingan hujjatlar böyiça eng yuqori körsatkiç Andijon (267 ta) va Farğona (229 ta) viloyatida, eng past körsatkiç Sirdaryo (80 ta) va Navoiy (74 ta) viloyatida qayd etilgan.
Prezident maktablarining birinçi bosqiç imtihonlari 15 iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 8.00 da, 2-smena 12.00 da hamda 3-smena 17.00 da bölib ötadi. Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida matematikadan 30 ta test topşiriğini bajarişi lozim.
Imtihon joyi va boşqa zarur ma’lumotlar talabgorning telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida yuborilgan.
Talabgorlar imtihon boşlanişidan 1,5 soat oldin tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bölib ötadigan joyga kelişi kerak.











