Unda «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligining mutasaddi xodimlari tomonidan öz xizmat vazifalarini yetarli darajada olib bormagani natijasida, xorijlik investorga qonuniy asoslarda ijaraga berilgan hududlarda mahalliy aholi va boşqa şaxslar tomonidan yetiştirilgan kovrak hosilini yiğib olişda turli xil tösqinliklar yuzaga kelayotgani haqida ma'lumotlar qayd etilgan edi.
Keyinroq, Surxondaryo viloyati Uzun tuman hokimligi va Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi Davlat qömitasi mazkur materialga nisbatan öz munosabatini bildirişdi. Uşbu munosabat joriy yilning 20 avgust kuni Kun.uz sayti orqali «Haqiqiy investor kim? – Bobotoğdagi kovrak mojarosi boşqaça tus olmoqda» sarlavhasi bilan e'lon qilindi (e'tirozlar sababli bu maqola hozirça saytdan olib taşlandi).
Kuni keça tahririyatga Örmon xöjaligi Davlat qömitasining mazkur munosabatiga nisbatan «FERULA SHIFOBAXSH» mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari va Jamiyat ta'sisçilarining raddiyasi kelib tuşdi. «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi talabiga muvofiq uşbu raddiyani e'lon qilişga qaror qildik. Quyida raddiya matni havola qilinadi.
* * *
Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi Davlat qömitasi va Rossiyaning «TK Kometa» kompaniyasi örtasida 2018 yil 6 martda imzolangan memorandumga köra Özbekiston Respublikasida faoliyat olib boriş uçun «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ taşkil etilgan.
«FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ Özbekiston Savdo-sanoat palatasining a'zosi hisoblanadi.
Kun.uz sayti orqali 02.08.2019 yilda «Bizga investorlar kerakmi yo yöq: Hindistonlik investorni Surxondaryoda qiynayotgan muammolar haqida» sarlavhali maqola naşr etilgan edi.
Mazkur maqolada «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligining mutasaddi xodimlari öz xizmat vazifalarini yetarli darajada olib bormagani natijasida, jamiyatga qonuniy asoslarda ijaraga berilgan hududlarda mahalliy aholi va boşqa şaxslar tomonidan yetiştirilgan kovrak hosilini yiğib olişda turli tösqinliklar yuzaga kelayotgani xaqida ma'lumotlar qayd etilgan edi.
Mavzuga oid
Keling, öşa maqoladan iqtibos keltiramiz:
«Xorijiy investor duç kelayotgan muammo yuzasidan mahalliy hokimlik va tegişli taşkilotlar mutasaddilari bilan uçraşdik. Dastlab Uzun tumani hokimining birinçi örinbosari Usmon Alimov bilan suhbatlaşdik. «Bu masala yuzasidan investor bizga murojaat qilmagan. Muammodan xabarimiz yöq. Bu masala asosan «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi bilan boğliq. Muammodan xabar topdik, endi biz ham zarur çoralarni amalga oşiramiz», — deydi u. Ammo tuman hokimligiga bu masalada yordam sörab, xat bilan murojaat qilingan. Bizga uşbu xat nusxasi taqdim etildi. Tuman hokimi birinçi örinbosarining «muammodan xabarimiz yöq», deyişi tuşunarsiz holat».
Vaholanki, tadbirkorlik sub'yekti tomonidan uning faoliyatiga tösqinlik qilinayotgani haqidagi rasmiy ravişda yuborilgan «Aloqa xati»ni 20.07.2019 yilda tuman hokimligining vakili tomonidan imzo qöyib, qabul qilganini tasdiqlovçi rasmiy hujjat mavjud.
Şuningdek, tuman hokimining birinçi örinbosari Usmon Alimovning «Muammodan xabar topdik, endi biz ham zarur çoralarni amalga oşiramiz», degan va'dasining ijrosi yuzasidan heç qanday taşkiliy tadbirlar amalga oşirilmagan.
Yuqoridagi murojaat böyiça Surxondaryo viloyati Davlat örmon xöjaligi va «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligiga ham rasmiy ravişda ariza bilan murojaat etilgan. Biroq, mazkur davlat organlarining murojaatimizni körib çiqiş va tegişli şaroit va tadbirlarni ta'minlab bermagan.
Tadbirkorlik faoliyatimizga tösqinlik qilayotgan ayrim fuqarolarga nisbatan tegişli çoralar köriş haqidagi Uzun tumani IIBga qilgan murojaatimiz hamda murojaatimiz yuzasidan IIBning Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yuborilgan ma'lumotnoma bunga yaqqol dalil böla oladi.
Maqolada ta'kidlab ötilganidek, örmon xöjaligining majburiyatlari, xususan, tasarrufidagi hududlar muhofaza qilinişi bevosita «Örmon töğrisida»gi Qonun va Hukumatning 2017 yil 19 iyuldagi №530-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi töğrisida»gi Nizom talablari bilan qat'iy belgilab qöyilgan.
Maqoladagi «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi sobiq rahbari T.Mirzayevning Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida, «Biz bu borada yordam beramiz va bu bizning vazifamiz. Ertagayoq tegişli çoralarni köramiz. Bunday holatga yöl qöyayotgan xodimlarimiz ham jazosini oladi. Hammasini hal qilamiz», — degan va'dalari hamda «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi tasarrufidagi yerlarda xorijiy investor va şartnoma imzolagan MÇJlar duç kelayotgan asosiy muammo, ya'ni ular ijaraga olgan hududlarda kovrak ösimligi talon-toroj qilinayotgani, xöjalik tomonidan hududlarga qöyilgan nazoratçi va qorovullarning özlari til biriktirib, şu qinğirliklarda iştirok etayotganini inkor etmagani investorga tösiq bölayotganini tasdiqlovçi katta DALIL emasmi?
2. Endi esa, yuqoridagi maqola yuzasidan Kun.uz saytida joriy yilning 20.08.2019 yilda çop etilgan «Haqiqiy investor kim? – Bobotoğdagi kovrak mojarosi boşqaça tus olmoqda» sarlavhasi ostidagi maqola çiqişiga sabab bölgan, Uzun tumani hokimining birinçi örinbosari U.Alimovning imzosi bilan röyxatdan ötgan 03.08.2019 yildagi 299/01-31-sonli hamda Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi Davlat qömitasining noxolis, asoslantirilmagan hamda mavzuga umuman aloqasi bölmagan javob xatlaridagi ma'lumotlarga e'tibor qaratsak.
Jumladan, «Ammo ötgan davr mobaynida qöşma korxona tomonidan uşbu majburiyatlar bajarilmasdan kelinmoqda. Kovrak ösimligi madaniy holda ekilganidan söng, 6-7 yilda hosilga kirişi e'tiborga olinsa, ular öziga ajratilgan yerda na ösimlik ekdi, na investitsiya mablaği kiritdi», «... «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ qöşma korxonasi 2019 yil davomida 2 million dollar miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiya kiritiş majburiyatini olgan. Ammo joriy yilning 7 oyi mobaynida Uzun tumanida kovrakni qayta ishlash zavodi quriş uçun bir söm ham sarmoya kiritilmagan. Demak, öz-özidan, korxona Bobotoğda tabiiy holda ösuvçi qimmatbaho ösimlikning şirasini yiğiştirib olib ketişni maqsad qilgani ayon bölmoqda. Va bu işi uçun tuman mutasaddilaridan qöriqlaşni ham talab qilişmoqda».
Xuddi şunga öxşaş Örmon xöjaligi Davlat qömitasining noxolis, yolğon mavzuga aloqasi bölmagan ma'lumotlariga nisbatan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Birinçidan, jamiyat tomonidan 2018 yilning may oyidan buyon örmon xöjaligi tizimi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan, ya'ni «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJga qonuniy asoslarda ajratilgan hududlarda boşqa tadbirkorlik sub'yektlari va boşqa şaxslarga ham berib yuborilgani yuzasidan köp sonli murojaatlari va şikoyatlari oqibatsiz qoldirilgani natijasida investitsiya majburiyatlarini bajarişga erişilmasdan kelingan.
Mazkur şikoyat yuzasidan Savdo-sanoat palatasiga qilingan murojaat yuzasidan tegişli mutasaddi idora xodimlari iştirokida rasmiylaştirilgan 26.08.2018 yildagi dalolatnoma buning isboti bölişi mumkin.
Şunga qaramasdan tegişli murojaatlar natija bermaganidan söng, jamiyat tomonidan örmon xöjaligi tomonidan yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani undiriş haqida Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga berilgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, sudning 23.10.2018 yildagi 4-1001-1814/23267-sonli hal qiluv qarori bilan javobgar «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligidan «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ hisobiga 1.258.476.980 söm boy berilgan foyda, 5.000.000 söm davlat boji va 16.000 söm poçta xarajati undiriş belgilangan.
Vaholanki, sud majlisi jarayonlarida ya'ni, sud majlisini körib çiqişni boşqa kunga qoldiriş haqida 12.10.2018 yildagi ajrimi bilan Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari O.Hakimovdan qömitaning 11.06.2018 yildagi 89-sonli buyruği ijrosi böyiça «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligida ötkazilgan örganiş natijasi yuzasidan tuzilgan 25.06.2018 yildagi dalolatnoma nusxasi talab qilinişiga qaramasdan, sudning mazkur topşiriği örmon xöjaligi tomonidan ta'minlanmagan.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi IPK 69-moddasining tegişli bandini bajarmagan taqdirda, belgilangan tartibda jarima solinişi belgilangan. Örmon xöjaligi esa, mazkur dalolatnomani berişga qasddan boş tortgan. Agar, talab qilingan dalolatnoma topşirilgan taqdirda, «Bobotoğ davlat örmon xöjaligi» faoliyatining 5 oy yakunlari örganilgani, unga köra «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ va unga öxşaş qonuniy asoslarda faoliyat yurituvçi tadbirkorlik sub'yektlariga vaqtinça ijaraga berilgan hududlarda boşqa tadbirkorlik sub'yektlari va boşqa şaxslar tomonidan qonun-hujjatlarning qöpol ravişda buzilgani, şartnomalar qonun-hujjatlariga xilof ravişda rasmiylaştirilgani, natijada boşqa tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlari qöpol ravişda buzilgani, şu bilan birga, davlat budjetiga juda köp miqdorda zarar yetkazilgani oşkor bölib qolar edi.
Mazkur dalolatnomaning elektron nusxasi örmon xöjaligi tomonidan jamiyatga taqdim etilgan.
Örmon xöjaligi tomonidan berilgan apellyatsiya şikoyati natija bermaganidan söng, jamiyat bilan yetkazilgan zararni tölamaslik uçun «kelişuv bitimi» rasmiylaştirib, uni Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2019 yilning 16 yanvar kuni tegişli ajrim bilan tasdiqlatib olgan.
Vaholanki, mazkur sudning ajrimi ham qonun talablariga zid ravişda rasmiylaştirilgan.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining 18.12.2009 yildagi 204-sonli Qarorining 14-bandida, sudlar kelişuv bitimi huquqiy tabiatiga köra bitim ekanligini va kelişuvning qonun hujjatlariga muvofiqligini örganişda uni tuziş tartibini ham tekşirişlari lozimligini hisobga olişlari kerakligi, agar kelişuv bitimining tarafi aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati çeklangan jamiyat bölsa, mazkur kelişuv yirik bitim belgilariga javob berişini, u «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi va «Mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilganini aniqlaş talab qilinişi körsatib ötilgan.
Şuningdek, öşa Qarorning 13-bandida, sud kelişuv bitimini tasdiqlaş töğrisidagi masalani muhokama qilayotganida taraflar taqdim etgan kelişuv bitimi qonun hujjatlariga xilof emasligini va u boşqa biror şaxsning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganini, agar kelişuv bitimi köçar yoki köçmas mulkni beriş töğrisidagi şartni öz içiga olsa, sud uşbu mulkka uçinçi şaxslarning huquqlari bor-yöqligini (xatlab qöyilganini, garovga qöyilganini va h.k.) tekşirişi lozim. Körsatilgan holatlar mavjud bölganda, sud IPK 134-moddasiga muvofiq kelişuv bitimini tasdiqlaşni rad etişi va işni mazmunan körib çiqişi belgilangan.
Biroq, birinçi instansiya sudi tomonidan yuqoridagi talablar örganilmagan va tekşirilmagan.
Vaholanki, «Mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida»gi Qonunning 44-moddasida, yirik bitimni tuziş töğrisidagi qaror jamiyat iştirokçilarining umumiy yiğilişi tomonidan qabul qilinişi, şuningdek, uşbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning iştirokçisining da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilişi mumkinligi belgilangan.
Bunday holatda, jamiyatning sobiq rahbari javobgar bilan Bitim tuzişda bitimning yirik bitim turiga kirişini inobatga olmasdan, jamiyat ta'sisçilarning umumiy yiğilişini ötkazmagan.
Ma'lumot uçun: U.Idrisxodjayev mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan şuningdek, «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJga ta'sisçi sifatida qöşilgan «SHIFOBAXSH DORIVOR ÖSIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH MARKAZI» Davlat unitar korxonasining javobgar — «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligiga bitta tuzilma sifatida qaraşli ekanligini hisobga olib hamda özaro manfaatdorlik borligi nuqtai nazardan, javobgar bilan 17.12.2018 yilda «Kelişuv bitimi» rasmiylaştirib, jamiyat ta'sisçilarining ruxsatini olmasdan 16.01.2019 yilda iqtisodiy sud orqali tasdiqlatib olgan.
Jamiyat rahbari U.Idrisxodjayevning özboşimçalik bilan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida, jamiyatning faoliyat körsatişiga imkon bermagan hamda uni jiddiy tarzda qiyinlaştirişga olib kelgan.
Şunga köra, jamiyat direktorining özboşimçalik bilan hamda qonunga xilof ravişdagi xatti-harakatlari bilan da'vogar ta'sisçilarning işonçini yöqotayotgani yuzasidan uni jamiyat direktori lavozimidan ozod etiş böyiça 01.05.2019 yilda 2-sonli bayonnoma rasmiylaştirilib, uning örniga San'at Xalilov jamiyat rahbarligiga tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Örmon xöjaligi tizimida faoliyat yurituvçi qöşilgan «SHIFOBAXSH DORIVOR ÖSIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH MARKAZI» Davlat unitar korxonasini «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ ta'sisçiligidan çiqarib yuboriş xaqidagi da'vo yuzasidan Toşkent şahar Iqtisodiy sudida (4-10-1923/252-sonli iqtisodiy iş) körib çiqilmoqda.
Şuningdek, yuqorida körsatib ötilgan plenum qarorining 7-bandiga köra, şartli tuzilgan kelişuv bitimini tasdiqlaşga yöl qöyilmasligi belgilab qöyilgan.
Biroq, birinçi instansiya sudi «Kelişuv bitimi»ni muhokama qilayotganida, uning 3-bandi qonun hujjatlariga xilof emasligini tekşirmagan.
Bundan taşqari, ÖzR FK 179-moddasining birinçi qismiga asosan davlat korxonasi öziga biriktirib qöyilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boşqa şaxsga berişga yoki uni boşqaça usulda tasarruf etişga haqli ekanligi körsatilgan.
Şu bois, Qarorning 14.1-bandiga muvofiq, sudlar kelişuv bitimini tasdiqlaş masalasini körib çiqişda kelişuv bitimi obekti davlat mulki bölsa tasarruf etiş huquqiga ega bölgan vakolatli davlat organining roziligi olinganiga e'tibor qaratişi lozim edi.
Binobarin, Özbekiston Respublikasi IPKning 30-moddasi 1-qismining 3-bandiga köra, yuridik şaxs iştirokçilarining (muassislar va a'zolarining) yuridik şaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topiş va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qöllaş haqidagi da'volari böyiça nizolar körib çiqilişi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat bilan «Bobotoğ» davlat örmon xöjaligi örtasida tuzilgan kelişuv bitimini xaqiqiy emas deb topiş haqida tegişli sudga şikoyat loyihasi tayyorlangan.
Şunga köra, jamiyatimiz tomonidan investitsiya majburiyatlari körsatib ötilgan vajlarga köra hamda ayrim davlat organlariga bölgan işonç yöqolib borayotgani sababli öz vaqtida kiritilişiga sabab bölmoqda.
Ikkinçidan, Özbekiston Respublikasi Örmon xöjaligi Davlat qömitasining çet el investori Qozoğiston Respublikasi fuqarosi Muhammad Ibrohim Muhammad Azimning 300 ming AQŞ dollari miqdorida jamiyatning ustav fondiga kiritiş şarti bilan 60 foiz uluş asosida ta'sisçi sifatida kirgani, biroq, jamiyatning tegişli ta'sis hujjatlariga tegişli özgartiriş kiritilmagani va davlat röyxatidan ötkazilmaganiga noxolis va notöğri yondaşilgan.
Jumladan, mazkur çet el fuqarosining ustav fondini şakllantirgani haqiqat. Biroq, u fuqaroning bevosita jamiyatning ta'sisçisi sifatida röyxatdan ötgan «SHIFOBAXSH DORIVOR ÖSIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH MARKAZI» Davlat unitar korxonasining manfaatlari uçun xizmat qilgani, qolgan ta'sisçilarga nisbatan özaro hurmat va kelişuv munosabatlarini şakllantirmagani sababli, 01.11.2018 yildagi ta'sisçilarning umumiy yiğiliş bayonnomasi asosida, u ta'sisçi sifatida davlat röyxatidan ötkazilmagan. Bu haqda, u tomonidan jamiyat ustav fondiga kiritilgan 300 ming AQŞ dollarini qaytarib olişini sörab, joriy yilda ikki marta ogohlantiriş xati yuborilgan.
Bundan taşqari, fuqaro Muhammad Ibrohim Muhammad Azimning şaxsan özi tomonidan 26.02.2019 yildagi «SHIFOBAXSH DORIVOR ÖSIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH MARKAZI» Davlat unitar korxonasi rahbari A.Mamatkarimov nomiga yöllagan murojaatida, uning ta'sisçilar safidan çiqişini ma'lum qilgani bayon etilgan.
Şunga köra, örmon xöjaligining bergan asoslantirilmagan javobidagi jamiyatning boşqa ta'sisçilari tomonidan kiritilgan AQŞ valutasida kiritilgan ustav fondini oşirişdagi harakatlari özaro kelişuv yöli bilan amalga oşirilganini, bu esa, fuqaro Muhammad Ibrohim Muhammad Azim tomonidan kiritgan 300 ming AQŞ dollariga umuman aloqasi yöqligini, mazkur ma'lumot umuman olganda nufuzli davlat organining «ğiybat gap»li ma'lumotidan özga narsa emas deb hisoblaymiz.
Şuningdek, maqolada Örmon xöjaligi Davlat qömitasi tomonidan «TK KOMETA» MÇJ va fuqaro Yakubov Rustam Dunayeviçning özaro til biriktirib, noqonuniy harakatlarni amalga oşirişgani, investitsiya mablağini özlaştirişni maqsad qilganliklari, jamiyatga tegişli bölgan muhr va ştamplarni qalbakilaştirgani, bank va soliq inspeksiyasidagi ma'lumotlarga özgartiriş kiritişgani, jamiyatning bankdagi 104 ming AQŞ dollar miqdoridagi pul mablağlarini turli maqsadlarda sarflaşga erişilgani, investitsiya firibgarlik yöli bilan özlaştirilayotgani kabi, tegişli tergov yoki sudning qonuniy asoslantirilgan hujjatlari bölmasdan, tuhmat asosida yuqoridagi ma'lumotlar ommaviy axborot vositasi orqali tarqatilgan.
Maqolaning yuqoridagi hamda şu bilan birga, oxirgi qismlarida körsatib ötilgan jamiyatga ajratilgan mahalliy aholi tomonidan işlayotganlik holati yuzasidan 30ta dalolatnoma rasmiylaştirilgani haqidagi tuhmatga yaqin bölgan ma'lumotlar bilan jamiyatning şa'ni, qadr-qimmatlari va işçanlik obrösiga salbiy ta'sir körsatilgan.
«FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ direktori S.Xalilov.
Jamiyat ta'sisçilari: Narayan Sundaram («TK KOMETA» MÇJ vakili),
Rustam Yakubov
Tahririyatdan: «FERULA SHIFOBAXSH» MÇJ tomonidan keltirilgan fikrlar va taqdim etilgan dalillarning haqiqatga mos kelişi yoki kelmasligi böyiça tahririyat javobgar emas.