Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi öz işining ilk kunida uçta qonun loyihasini ma'qulladi va hukumat hisobotini qabul qildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bugun senatorlar tasdiğidan ötgan quyidagi qonunlar imzolaş va e'lon qiliş uçun prezidentga yuboriladi:

– «Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida»,
– «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»,
–  «Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida»,

«Ona suti bilan oziqlantirişni qöllab-quvvatlaş hamda gödaklar va kiçik yoşdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar töğrisida»gi qonun loyihasi esa rad etildi.

Senatda, şuningdek, «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturining 2019 yil ikkinçi çoragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.

Hisobotni Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov öqib eşittirdi.

Qayd etiş joiz, majlisning dastlabki kunida 84 nafar senator iştirok etdi. Majlisning ba'zi qismlari – Senat raisi Tanzila Norboyevaning kiriş nutqi va hukumat vakili Aziz Abduhakimovning hisoboti parlament yuqori palatasining Facebook`dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatildi.

Tuşdan söng Senat a'zolari prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va jamiyatda öqituvçi mavqeyini oşiriş yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yiğilişida qatnaşiş uçun yöl olişdi.

Ertaga, 24 avgust kuni ayrim qonun hujjatlariga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi 7ta qonun loyihasi, 4ta xalqaro hujjatlarning Özbekiston tomonidan qabul qilinişi böyiça qonunlar va Senat vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar körib çiqiladi.

Şuningdek, yalpi majlisning ikkinçi kunida Içki işlar va Taşqi işlar vazirlari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining axborotlari, Xorazm viloyati hokimining hisoboti eşitiladi.

Kun.uz, öz an'anasiga muvofiq, Özbekiston qonun çiqaruvçi hokimiyatining oliy organida ötgan yalpi majlisdan eksklyuziv suratlarni taqdim etadi.