Oliy Majlis Senatining yigirma birinçi yalpi majlisi öz işini yakunladi.

23-24 avgust kunlari bölib ötgan majlisda 26ta masala, jumladan 16ta qonun körib çiqildi.

Senatorlar dastlabki kuni «Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida»gi, «Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida»gi qonunlarni ma'qulladilar. «Ona suti bilan oziqlantirişni qöllab-quvvatlaş hamda gödaklar va kiçik yoşdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar töğrisida»gi qonun esa rad etildi.

Birinçi kunda, şuningdek, Senat a'zolari joriy yilning ikkinçi çoragi uçun belgilangan vazifalar yuzasidan hukumat hisobotini tingladilar.

24 avgust kuni esa öndan ortiq qonunlar ma'qullandi:

– ««Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini şakllantiriş va ijro etişning yangi mexanizmlari joriy etilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Saylov töğrisidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»,
– «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Moddiy madaniy meros obektlarining muhofaza qilinişi kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Psixiatriya yordami körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»,
– «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunlar şular jumlasidan.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi tomonidan quyidagi xalqaro şartnomalarini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qator qonunlar ham ma'qullandi: