Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan ötkazilgan «Avgust kengaşi» anjumani vazirlik tizimidagi işlar sarhisobi böyiça yaxşi platforma hisoblanadi.

Bu yilgi respublika anjumanida ham sohada işlayotgan 200dan ortiq mas'ul xodimlar iştirok etdi.

Unda Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Sobitxon Turğunov sözga çiqib, maktabgaça ta'lim taşkilotlari rahbarlari faoliyatiga ham alohida töxtalib ötdi.

«Maktabgaça ta'lim taşkiloti rahbari özining funksional vazifasini biladimi? Hozir qaysi maktabgaça ta'lim taşkiloti rahbari öz yönalişi böyiça musiqadan, rasmdan yoki jismoniy tarbiyadan dars beradi? Nega ular pedagogik faoliyat bilan şuğullanmaydi?», - deya mutasaddilarga savol bilan yuzlandi Maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari.

Uning ta'kidlaşiça, maktabgaça ta'lim taşkiloti rahbarlarining kasbiy bilimi yaxşi bölişi, agar musiqaçi bölsa, qaysidir çolğu asbobini çala olişi zarur.

Bundan taşqari, maktabgaça ta'lim taşkilotida faoliyat yuritadigan xodimlar – metodist, psixolog, logoped, hamşira kabilarning asosiy vazifalari eslatib ötildi.

«Qaysi tuman boşliği, qaysi viloyat boşliği maktabgaça ta'lim muassasalarida hamşiralar menyuni töğri taşkillaştirgani böyiça tahlillar olib bordi? Bu böyiça alohida öquv seminarlari taşkil etdi?», deya hamşiralar faoliyati bilan boğliq muhim vazifa ijrosi böyiça savol berdi vazir örinbosari.

Sobitxon Turğunovning sözlariga köra, bolalarga salbiy ta'sir körsatuvçi turli kasalliklar – yassioyoqlik, yod yetişmovçiligi, sariq kasalligi böyiça alohida ma'lumotlar bazasi şakllantirilişi, bunday kasalliklar bilan oğrigan bolalarning maşğulotlarga qatnaşişi ham alohida jadvallar asosida taşkil qilinişi zarur.

Sohadagi kadrlar bilan boğliq muammalarni hal qilişda respublika böyiça jami 97ta pedagogika kollejining maktabgaça ta'lim vazirligi tizimiga biriktirilişi ham ijobiy hodisa ekani ta'kidlab ötildi. Ayni paytda uşbu kollejlar ta'lim sifatini yaxşilaş, metodika yaratiş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş böyiça har bitta tumanda donor vazifasini ötaşi kerak.