«PSJ» hujumçilari Kilian Mbappe va Edinson Kavani Liga 1 turnirining 3-turi doirasida «Tuluza»ga qarşi keçgan öyin davomida jarohat olişdi (4:0).
Kavani öyinning 14-daqiqasidayoq maydonni tark etişga majbur böldi, u çov qismidagi muşaklarini jarohatlab olgan. Mbappe esa 66-daqiqada majburiy almaştirildi, uning tizza ostidagi paylari çözilgan. Bu uçraşuvda «PSJ»ning yana bir futbolçisi, şu yozda «Borussiya» Dortmud klubidan transfer qilingan Abdu Diallo ham jarohat oldi.
Not what PSG fans want to see.
— ESPN FC (@ESPNFC) August 25, 2019
Mbappe grimacing as he clutches his left hamstring. pic.twitter.com/ZSNUuySqXt
Yaqin vaqtlar içida Parij klubi şifokorlari tibbiy tekşiruvlar natijasiga köra futbolçilarning jarohatlari qay darajada ekani va qança muddatda safga qaytişlari mumkinligini ma'lum qilişadi.
Eslatib ötamiz, «PSJ»ning yana bir hujumçisi Neymar qatorasiga uçinçi öyinni ötkazib yubormoqda. Jarohatini davolaşda davom etayotgan uşbu futbolçi şu yozda klubni tark etişi mumkin, unga «Real», «Barselona» va «Yuventus» kabi klublardan qiziqiş mavjud.












