26 avgust kuni Samarqand şahrida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asraş: dolzarb muammolari va ularni hal qiliş strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya hamda «Şarq taronalari» ön ikkinçi xalqaro musiqa festivalining tantanali oçiliş marosimi ötkaziladi.
Mazkur tadbirlarda iştirok etiş uçun 25 avgust kuni Samarqandga BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNeSKO) Boş direktori Odri Azule xonim taşrif buyurdi.
ÖzA xabar berişiça, yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri öribosari Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

YuNeSKO BMTning 17ta ixtisoslaşgan muassasalaridan biri bölib, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Taşkilotning boş qarorgohi Parij şahrida joylaşgan. Bugungi kunda YuNeSKOga 195 mamlakat a'zo. Özbekiston taşkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a'zo bölgan.
Özbekiston bilan uşbu taşkilotning hamkorligi izçil rivojlanmoqda. Özbekiston YuNeSKO Ijroiya kengaşi tarkibiga ikki marta saylangan.
Samarqandda 26 avgust kuni ötkaziladigan xalqaro konferensiya hamda «Şarq taronalari» musiqa festivali ham YuNeSKO şafeligida taşkil etilmoqda.












