Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 27 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Davlat çegaralarini qöriqlaş va himoya qiliş tizimini takomillaştiriş masalalariga bağişlangan işçi yiğiliş bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, şuningdek, DXX Çegara qöşinlari qömondonligi iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Çegara qöşinlari faoliyatining amaliy natijalari körib çiqildi, davlat çegaralarini qöriqlaş va himoya qiliş tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillaştirişning ustuvor vazifalari belgilandi.
Çegaralarimiz xavfsizligi va daxlsizligini işonçli va kafolatli ta'minlaş xalqimiz tinç-osoyişta hayoti, mamlakatimiz taraqqiyotining garovi ekani ta'kidlandi.
Mintaqa mamlakatlarining çegara idoralari yönalişidagi xalqaro hamkorlik izçil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda qöşma tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qöşni davlatlar bilan ötkaziş punktlari oçilgani, yangi havo, temir yöl va avtobus qatnovlari yölga qöyilgani fuqarolarning özaro bordi-keldisining ortişiga xizmat qilmoqda.
Çegaraoldi hamkorlikni faollaştiriş yuzasidan xorijiy şeriklarimiz bilan erişilgan kelişuvlarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi ustidan qat'iy nazoratni ta'minlaş zarurligi ta'kidlandi.
Yiğilişda bajarilgan işlar tanqidiy baholanib, Özbekiston Respublikasi Davlat çegaralarini qöriqlaş va himoya qiliş tizimining samaradorligini yanada oşiriş yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topşiriqlar berildi.








