«Amirsoy» toğ-çanği kurortida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida iştirok etgan Toşkent şahri boş imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov tozalik, poklikka amal qiliş musulmon kişi hayotining asoslaridan ekanini ta'kidladi.  

«Möminning hayotida poklik birinçi örinda. Bu haqda payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam poklik iymonning yarmi, deganlar. Barça fiqh haqidagi kitoblarni köradigan bölsak ham birinçi tahoratdan boşlanadi, negaki din poklik ustiga quriladi.

Mömin-musulmon banda yaşayotgan joyda çiqindi bölişi katta gunoh. Payğambarimiz alayhissalom iymon yetmiş uçta (boşqa rivoyatlarda yetmiş neçta ham) şö'badan iborat. Şulardan biri köçadan odamlarga aziyat beradigan narsalarni oliş. Demak, bu iymonimiz belgilaridan biri.

Musulmon odam şunday bölişi kerakki, heç kim undan jirkanmasin. E'tiboringizni bitta misolga qarataman, ma'lumki, sarimsoq islomda harom qilinmagan. Foydali va manfaatli mahsulot. Lekin nega uni yegan odam masjidga kirmasin deyilgan, çunki uning hididan musulmonlar ham, fariştalar ham ozor topadi», dedi Toşkent şahri boş imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov.