Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamenti ishi to‘xtatilishiga qarshi petitsiyani 100 mingdan ortiq kishi imzoladi
Buyuk Britaniya parlamenti saytida joylashtirilgan parlament ishi to‘xtatilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi petitsiya 100 mingdan ortiq imzo to‘pladi.
Jamoaviy murojaat chorshanba kuni bosh vazir Boris Jonson parlament ishini 14 oktyabrgacha to‘xtatishga qaror qilganidan so‘ng Vestminster saytida joylashtirilgandi. Petitsiya joylashtirilganidan so‘ng uni daqiqasiga o‘rtacha 1,3 ming kishi imzolamoqda.
Buyuk Britaniya amaliyotiga ko‘ra, 10 mingdan ortiq imzo to‘plagan har qanday petitsiya hukumatning rasmiy munosabatini talab qiladi, imzo 100 mingga yetganidan so‘ng esa u parlamentda ko‘rib chiqilishi lozim.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026