Livanning «Hizbulloh» harakati uruşning oldini oliş uçun Isroilga qandaydir aniq zarba berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda The Times of Israel naşri xabar berdi.

Naşrning ta'kidlaşiça, rejalaştirilayotgan zarba «Hizbulloh»ning Isroil aviazarbasi oqibatida halok bölgan 2 a'zosi uçun javob böladi. Manbalardan birining ta'kidlaşiça, javob zarbasi «Hizbulloh» ham, Isroil ham istamayotgan katta kölamli uruşga olib kelmaydigan qilib amalga oşiriladi”. Biroq aytilişiça, zarbaning real oqibatlarini aytiş qiyin. 

25 avgustda Isroilning Suriyaga va taxminlarga köra, Livan va Iroqqa bergan raketa zarbalari arab davlatlarida qurollangan ixtilof boşlanişini e'lon qiliş deb qabul qilingan. Isroil öz navbatida hujum ogohlantiruvçi bölgani va Livanning Bayrut şahri ustida Eronning Isroilga qarşi qöllangan parvoz qurilmalari tuşgan bölişi mumkinligini aytgan.