2019 yilning 27 avgust kuni soat 14:50da Toşkent şahar Şayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylaşgan 118 va 120-uylarda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar körsatilgan manzilga soat 14:56da yetib borgan. 

Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 15:26da qurşab olingan va 15:35da töliq öçirilgan. Yonğin oqibatida Kamolon köçasi 118-uyning 120 kv. metr maydonda va 120-uyning 180 kv. metr maydonda tomi, şifti va içki jihozlari yonib zararlangan. Yonğindan uylarning 170 kv. metr maydonlari saqlab qolingan. 

Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.