Ikkinçi davrani Superliganing «Buxoro» jamoasida ötkazayotgan Tojikiston milliy jamoasi sardori Fathullo Fathulloyev «Dinamo»ga qarşi öyindan söng (3:0) özbek va tojik futboli örtasidagi farqni aytdi.

«Bugun qiyin öyin ötkazdik. Samarqand jamoasida köpçilikni bilaman, yaxşi jamoa. Oxirgi öyinda muvaffaqiyatsiz harakat qilayotgan «Dinamo»ni yutişimiz kerak edi.

Oldingi öyinlarda durang öynagan bölsak-da, ğalabaga munosib harakat qilgandik. Bugungi öyindan oldin murabbiy hammamizni yiğib, faqat ğalaba qozonişimiz kerakligini aytdi. Bugun qanday hisobda bölsa ham yengişimiz şart edi.

Tojikiston milliy jamoasiga çaqirilmaganim? 1 yil oldin Filippinga qarşi öyinda qizil kartoçka olgandim va şundan buyon milliy jamoa rasmiy öyinlarda maydonga tuşmadim. Şunday bölsa-da, Qirğizistonga qarşi öyinda stadionda bölaman va yigitlarni qöllab-quvvatlayman.

«Buxoro»ning taklifini özbek futboli tojik futbolidan yuqoriroq bölganini bilgan holda qabul qildim. Bu yerda hamma jamoalar kuraşuvçan. Tojikistonda esa faqat 2-3 ta jamoa çempionlik uçun kuraşadi. Çempionatning darajasi ham yaxşi va men bu yerda jismoniy holatimni yaxşilab olaman deb öylayman.

Jahon çempionati saralaşidagi guruhimizda Yaponiya şubhasiz, yetakçi. Qirğiziston bilan guruhdan çiqiş uçun kuraşamiz. Ularni yaxşi bilamiz. Bizda hozir yaxşi futbolçilar töplangan», — deb Fathulloyevning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.